Yurak
Yurakning normal ishlashi uchun Omega-3 yogʻ kislotalari, magniy va kaliy muhim. Bu boʻlimda yurak-qon tomir tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilinadigan qoʻshimchalar jamlangan.
Biostore.uz da baliq moyi va Omega-3, turli shakldagi magniy, jumladan taurat, vitamin D3 + K2, taurin va kaliy bor. Brendlar: NOW Foods, KAL, Swiss Bork, Sports Research, NaturesPlus, Source Naturals.
Qaysi birini tanlashni bilmayapsizmi? Telegram orqali yozing — nutritsiolog sizga mosini bepul tanlab beradi. Toshkent boʻylab kuryer orqali, butun Oʻzbekiston boʻylab BTS orqali yetkazamiz.
Yurak uchun qoʻshimchalar haqida koʻp beriladigan savollar
Qoʻshimchalarni yurak dorilari bilan birga ichsa boʻladimi?
Faqat shifokor maslahatidan keyin. Omega-3, vitamin K2, kaliy va magniy qon bosimi va qonni suyultiruvchi dorilar taʼsiriga taʼsir qilishi mumkin.
Qoʻshimchalar davolanish oʻrnini bosadimi?
Yoʻq. Koʻkrakda ogʻriq, hansirash, yurak urishining buzilishi yoki qon bosimi koʻtarilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Qancha vaqtda yetkazasiz?
Toshkent boʻylab kuryer seshanba, payshanba va shanba kunlari yetkazadi; saytda 300 000 soʻmdan buyurtma qilsangiz, yetkazib berish bepul. Viloyatlarga BTS orqali 1–3 ish kunida yuboramiz. Ofisdan olib ketish bepul.
Bu dori hisoblanadimi?
Yoʻq, bular biologik faol qoʻshimchalar, dori vositalari emas. Homiladorlik, emizish davrida, surunkali kasalliklarda va dori qabul qilayotgan boʻlsangiz, avval shifokor bilan maslahatlashing.
