Superfudlar
Superfud deb foydali moddalar — kletchatka, oqsil, vitamin va minerallar — yuqori konsentratsiyada boʻlgan mahsulotlarga aytiladi. Ular boʻtqa, smuzi, salat va pishiriqlarga qoʻshiladi.
Biostore.uz da chia urugʻi, oq kinoa, yashil grechka, qora guruch, matcha, tabletkali spirulina va suyuq xlorofill bor. Brendlar: Biolavka, NOW Foods, Nature’s Way.
Qaysi birini tanlashni bilmayapsizmi? Telegram orqali yozing — nutritsiolog sizga mosini bepul tanlab beradi. Toshkent boʻylab kuryer orqali, butun Oʻzbekiston boʻylab BTS orqali yetkazamiz.
Superfudlar haqida koʻp beriladigan savollar
Nimadan boshlash kerak?
Odatdagi ovqatga oson qoʻshiladigan bir-ikki mahsulotdan boshlang: chiani yogurt yoki boʻtqaga, kinoa yoki yashil grechkani garnir sifatida.
Superfudlar qanday saqlanadi?
Quruq, salqin joyda, zich yopilgan qadoqda saqlang. Yaroqlilik muddati mahsulot sahifasida koʻrsatilgan.
Qancha vaqtda yetkazasiz?
Toshkent boʻylab kuryer seshanba, payshanba va shanba kunlari yetkazadi; saytda 300 000 soʻmdan buyurtma qilsangiz, yetkazib berish bepul. Viloyatlarga BTS orqali 1–3 ish kunida yuboramiz. Ofisdan olib ketish bepul.
